«Yuventus» klubi qanot himoyachisi Andrea Kambyaso yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tishga tayyor. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchiga boshqa grand klublar tomonidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Avvalroq matbuotda 26 yoshli o‘yinchiga «Chelsi», «Inter» va «Barselona» klublari da’vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda Kambyaso barcha musobaqalarni hisobga olgan holda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer bahosini 20 million yevroga baholashmoqda.













