«PSJ»ning sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan so‘ng, parijliklarni dunyodagi eng buyuk klub deb atadi.
30 may kuni Luis Enrike shogirdlari finalda «Arsenal»ni penaltilar seriyasida (asosiy vaqt 1:1, penaltilar 4:3) mag‘lubiyatga uchratdi.
«Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta g‘alaba qozonish – bu misli ko‘rilmagan natija. Men juda xursandman, chunki endi bu dunyodagi eng buyuk klub. Fransiyada u o‘n yildan buyon shunday maqomda edi.
Men Fransiya futboli uchun xursandman va o‘ylaymanki, biz «PSJ»ni jahon arenasida qilayotgan ishlari uchun yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», – dedi Klod Makelele «beIN Sports»ga bergan intervyusida.













