Fransiyaning «Lans» klubi Saud Abdulhamidning to‘liq transferini rasmiylashtirdi.
Fransiya klubi 26 yoshli himoyachini ijara muddati yakunlanganidan so‘ng Rimning «Roma» klubidan sotib olganini e’lon qildi. Tomonlar o‘rtasida 2029 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
L’Equipe nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu transfer kelishuvi qiymati 3,5 million yevroni tashkil etgan.
Yakunlangan Liga 1 mavsumida Abdulhamid «Lans» safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.













