«Real», «Chelsi», «Borussiya» (Dortmund) va «Nyukasl» klublari AIK yarim himoyachisi Zeydok Yoxanna bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan «Kalmar»ga qarshi o‘yinda (1:1) 18 yoshli nigeriyalik futbolchining harakatlarini umumiy hisobda 32 ta jamoa skautlari bevosita kuzatib borishgan. Uning transfer summasi 23 million yevrodan oshib ketishi mumkin.
Yarim himoyachi 2025 yilning iyul oyidan buyon AIK sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan.
Shvesiya jamoasi safida o‘tkazgan 18 ta uchrashuvida nigeriyalik futbolchi 5 ta gol urishga va 4 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.
Qayd etish joizki, Transfermarkt portali ayni damda futbolchining transfer qiymatini bor-yo‘g‘i 500 ming yevroga baholamoqda.













