Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» Fransiya yoshlar terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzolaydi

«Nyukasl» Fransiya yoshlar terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» Fransiya yoshlar terma jamoasi darvozaboni Even Jauenning transferi borasida «Reyms» klubi bilan kelishuvga erishdi. Canal+ telekanali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma qiymati 28,5 million yevroni tashkil etadi. 20 yoshli posbon ingliz klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Bundan oldin Jauenga «Chelsi», shuningdek, uni Tibo Kurtuaning potensial vorisi sifatida ko‘rgan Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirgan edi. 2024/25 yilgi mavsumda Jauen ijara asosida «Dyunkerk»da to‘p tepdi va u yerda Liga 2 ning eng asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi. Fransiya futboli elitasini tark etgan «Reyms»ga qaytgach, Jauen jamoaning asosiy golkiperiga aylandi. Yakunlangan mavsumda u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 35 ta to‘p o‘tkazib yubordi va 15 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 17:32, 05.06.2026.
O'qildi: 240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик