«Manchester Siti» va Fransiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi nomini aytdi.
«Tarixdagi eng buyuk futbolchi? Krishtianu Ronaldu», — deya Sherkining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline nashri.
Krishtianu Ronaldu 41 yoshida ham yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishda davom etmoqda va faoliyati davomidagi gollari sonini 1000 taga yetkazishni maqsad qilgan. Ayni damda portugaliyalik yulduz hisobida 973 ta gol mavjud. Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan. O‘z kolleksiyasida bundan ko‘proq mukofotga ega bo‘lgan yagona futbolchi — Lionel Messidir (sakkizta).













