Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» Rodri bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

«Manchester Siti» Rodri bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri, katta ehtimol bilan, Madridning «Real» klubiga o‘tmaydi.

Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, ingliz klubi «Oltin to‘p» sohibi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda. «Shaharliklar» rahbariyati ispaniyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, o‘yinchining o‘zi esa o‘ylab ko‘rish uchun vaqt olgan.

Shu bilan birga, Moretto «Real» prezidenti Florentino Peres Rodrini o‘zining transfer bozoridagi ustuvor maqsadi sifatida ko‘rmayotganini qayd etdi. Xabar qilinishicha, klublar o‘rtasida futbolchi borasida aloqalar bo‘lgan, biroq ayni damda bu transferning amalga oshish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2019 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 19:43, 05.06.2026.
O'qildi: 264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик