Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Nyukasl» Gordonga o‘rinbosarni Ispaniyadan topdi

«Nyukasl» Gordonga o‘rinbosarni Ispaniyadan topdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan Entoni Gordonning o‘rniga nomzod topib qo‘ydi.

Telegraph nashrining xabar berishicha, ingliz klubi «Osasuna» vingeri Viktor Munyosga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, «qarg‘alar» skautlari 22 yoshli ispaniyalik futbolchini bir necha oydan beri kuzatib borishmoqda. Klub rahbariyati ushbu futbolchi Gordonning o‘rnini muvaffaqiyatli to‘ldira olishiga va jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishiga ishonmoqda.

Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Munyos La Liganing yakunlangan mavsumida «Osasuna» safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Xabar qilinishicha, futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:31, 05.06.2026.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик