Kirish Ro'yxatdan o'tish

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inni boshladi

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inni boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Yig‘in O‘zbekiston terma jamoalari markazining sport zalida o‘tkazilmoqda.

Bosh murabbiy ushbu yig‘inga jami 25 nafar futzalchini jalb qildi. Ularning 4 nafari darvozabon, 6 nafari himoyachi, 10 nafari qanot o‘yinchisi va 5 nafari hujumchi hisoblanadi.

Bugun boshlangan yig‘in 12-iyunga qadar davom etadi. Nomzodlar har kuni ikki mahaldan intensiv mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Shuningdek, yig‘in davomida O‘zbekiston futzal federasiyasi taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan portugaliyalik mutaxassis Nunu Migel darvozabonlar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
• Abbos Elmurodov (BMB)
• Abbos O‘lmasbekov (BMB)
• Jasurbek Rizbonov (Nasaf)
• Shavkat Ibragimov (Oil Star)

Himoyachilar:
• Mashrab Odilov (BMB)
• Ilhom Hamroyev (Oil Star)
• Anasxon Rahmatov (Nasaf)
• Shahzod Sa’diyev (BMB)
• Shohjahon Shonazarov (Oil Star)
• Fazliddin Botirov (OKMK)

 Qanot o‘yinchilari:
• Husniddin Nishonov (BMB)
• Samariddin Berkinov (Oil Star)
• Xayrulla Solihov (OKMK)
• Shahram Faxriddinov (OKMK)
• Shohrux Rahmiddinov (Bobur)
• Ahmadjon Jalolov (Guliston)
• Sunnat Jo‘rayev (Nasaf)
• Asilbek Vafoyev (Nasaf)
• Behruz Samiyev (Oil Star)
• Abror Axmedzyanov (SQB)

Hujumchilar:
• Davron Choriyev (BMB)
• Muzaffar Ahadjonov (BMB)
• Artur Umurov (Oil Star)
• Timur Salimov (Oil Star)
• Ali Rizo Husainov (Dinamo)

Manba: O‘zbekiston futzali
Kiritildi: 22:31, 05.06.2026.
O'qildi: 361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик