Ronaldinyo ijtimoiy tarmoqlarda Lamin Yamal bilan tushgan video va fotosuratlarini joylashtirdi. Videoda "Barselona"ning sobiq va hozirgi "o‘nlik" (10-raqam) egalari mashhur tezkor taomlanish maskani yaqinida to‘p jongliyor qilishayotgani aks etgan.
"Uning yonida bo‘lish doim juda yoqimli", — deya Ronaldinyo video ostiga izoh qoldirgan.
Ronaldinyo 2003–2008 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, braziliyalik yulduz Yevropada "PSJ" va "Milan" klublarida ham to‘p surgan.
Lamin Yamal hozirda 18 yoshda. Shunga qaramay, u "Barselona"ning asosiy jamoasi safida 151 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Ushbu o‘yinlarda Yamal o‘z hisobiga 49 ta gol va 52 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Lamin Transfermarkt portali tomonidan 200 million yevroga baholanmoqda.













