Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe: «Agar «Real» tarixidan joy olsam, futbol tarixida ham alohida o‘rin egallayman»

Mbappe: «Agar «Real» tarixidan joy olsam, futbol tarixida ham alohida o‘rin egallayman»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «qaymoqranglilar» tarixidan joy olish uning eng katta maqsadlaridan biri ekanini ta’kidladi.

— Bu klub va jamoa safida o‘ynayotganimdan faxr va xursandchilik his qilaman. «Real» tarixiga o‘z nomimni yozishga ulkan ishtiyoqim bor. Chunki agar sen dunyoning eng buyuk klubi tarixidan joy olsang, umuman futbol tarixida ham alohida o‘rin egallaysan, — dedi Mbappe Sorare'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Fransiyalik hujumchi 2024 yil yozida «Real» safiga qo‘shilgan edi. Shundan buyon u barcha musobaqalarda 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 86 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:07, 06.06.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик