«Byornli» himoyachisi Maksim Estev faoliyatini Angliya Premyer-ligasining grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchi «Liverpul»ning qiziqishlar doirasiga tushgan. Mersisaydliklar Estevni fransiyalik himoyachi Ibraima Konatening o‘rniga nomzod sifatida ko‘rishmoqda. «Qizillar»ning ehtimoliy yangi a’zosi 28 million yevroga baholanmoqda.
Yakunlangan mavsumda Maksim «Byornli» tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













