Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe faoliyatidagi eng chiroyli golini aytdi (Video)

Mbappe faoliyatidagi eng chiroyli golini aytdi (Video)

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyati davomida urgan gollaridan qaysi birini eng yaxshisi deb hisoblashini ma’lum qildi.

«JCH-2022 finalida Argentina darvozasiga to‘pni to‘xtatmasdan yo‘llagan golim eng ramziy (tarixiy) golim hisoblanadi, lekin uni ijro jihatidan eng chiroylisi deya olamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Menga 2020 yilgi Fransiya kubogida «Lion» darvozasiga urgan golim juda yoqadi: to‘pni o‘z maydonimiz yarmida olib qo‘yib, keyin butun maydon bo‘ylab yugurib o‘tgandim, ikki nafar raqibni aldab o‘tib, gol urgandim. O‘sha vaziyatni juda ko‘p marta qayta ko‘rib chiqqanman», — deya Madrid Universal nashri 27 yoshli fransiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi.

Kilian Mbappe 2024 yilning o‘rtalaridan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u o‘z vatanida «Pari Sen-Jermen» va «Monako» klublari ranglarini himoya qilgan.

Kiritildi: 12:27, 06.06.2026.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик