Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel: «Arsenal» dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi munosib kurashdi»

Tuxel: «Arsenal» dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi munosib kurashdi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Londonning «Arsenal» klubi futbolchilarini qo‘llab-quvvatladi. May oyining oxirida «kanonirlar» Chempionlar ligasi finalida «PSJ»dan mag‘lubiyatga uchragan edi. Londonliklar asosiy va qo‘shimcha vaqtlardagi 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi.

«Ular dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi munosib kurashishdi. «Arsenal» ishning penaltilar seriyasigacha borishini ta’minladi va g‘alabaga imkon qadar juda yaqin keldi. Tushkunlikka tushishga hech qanday sabab yo‘q. «Arsenal»ning [Angliya terma jamoasiga chaqirilgan] futbolchilarida ruhiyat bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi, deb o‘ylamayman. Ular terma jamoada ekanliklaridan xursand va a’lo kayfiyatdalar», — dedi Tuxel matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, bugun inglizlar Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Kiritildi: 12:35, 06.06.2026.
O'qildi: 404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик