«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasida qolmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bilgach, «qizil iblislar» 22 yoshli o‘yinchi bo‘yicha so‘rov bilan murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda Mirror.
Kataloniya klubi o‘z tarbiyalanuvchisidan albatta qutulish niyatida emas, biroq u bilan xayrlashishni to‘liq istisno etmaydi. Chunki bosh murabbiy Xans-Diter Flik uni boshqa asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rmayapti. «Yunayted» rasmiylari Baldening iqtidorini yuqori baholashmoqda va vaziyatni kuzatishda davom etishyapti. Turli manbalarning bir necha bor xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining o‘zi klubdan ketishni istamayapti.
Lateralning bozor qiymati Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra 50 million yevroni tashkil qiladi.













