Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dalot: «Manchester Yunayted» yana g‘alaba qozonishni boshlaydi»

Dalot: «Manchester Yunayted» yana g‘alaba qozonishni boshlaydi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» qanot himoyachisi Diogu Dalot klubdagi ishlarning hozirgi holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda jamoa ichidagi vaziyat avvalgiga qaraganda ancha yaxshilangan.

«Men «MYU» safida deyarli 250 ta o‘yin o‘tkazdim. Eng yomon davrlarda juda og‘ir bo‘lgandi: hamma klubni yer bilan bitta qilar, bu yerda eng yomon xodimlar, eng yomon futbolchilar yig‘ilgan, atrofda faqat tartibsizlik va umidsizlik hukmron, deb gapirardi. Albatta, bunday gaplarni tinmay eshitish odamga alam qiladi. Biroq men hozir hamma narsa avvalgidan ko‘ra yaxshiroq ekanini bilaman. Parda ortidagi vaziyat qanday ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turibman. Yakunlangan mavsumda biz o‘sishga erishdik. «Manchester Yunayted» yana zafar quchishni boshlashiga 100 foiz ishonaman», — dedi Dalot Players' Tribune Football bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsumda Maykl Karrik shogirdlari Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallashdi.

Kiritildi: 13:10, 06.06.2026.
O'qildi: 161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик