Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Angliya terma jamoasida Keynni qanday ishlatishini aytdi

Tuxel Angliya terma jamoasida Keynni qanday ishlatishini aytdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Xarri Keyn haqida o‘z fikrlarini bildirdi. «Bavariya» sharafini himoya qiluvchi futbolchi mavsum davomida 61 ta gol urdi va Jahon chempionatiga a’lo darajadagi sport formasida yetib keldi.

Angliya terma jamoasi turnirga tayyorgarlikni 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bilan boshlaydi. Ushbu bahsda Keynga 45 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan o‘yin vaqti berilishi kutilmoqda, biroq bu forvard jamoaning asosiy figurasi emasligini anglatmaydi:

«U ajoyib sport formasida. Oxirgi himoyaviy mashg‘ulotlarda Keyn yuqori shiddatni belgilab berdi. U tayyor. Iyun oyida havo issiq bo‘lsa ham, u uchun umuman xavotir olishga hojat yo‘q. U bizning yetakchimiz, «Bavariya»da yuqori pressingga va raqib maydonchasidagi shiddatli o‘yinlarga ko‘nikib qolgan. U hammaga o‘rnak bo‘lmoqda. Menimcha, u o‘z faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida turibdi», — deya The Mirror nashri murabbiyning so‘zlarini keltiradi.

«Biz undan imkon qadar tez-tez foydalanishga harakat qilamiz, shu bilan birga uning sog‘lig‘ini ham saqlab qolishni istaymiz. Umid qilamizki, bizda uni har bir o‘yinda 90 yoki 120 daqiqa davomida maydonda ushlab turmaslik imkoniyati bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panamaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:40, 06.06.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик