Kirish Ro'yxatdan o'tish

Emeriga «Real» haqida savol berishdi

Emeriga «Real» haqida savol berishdi

Baho:
+1 | -

Birmingemning «Aston Villa» klubi ustozi Unai Emeriga Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi haqida savol berildi.

«Hozirgi vaqtda menga haqiqatdan ham ehtiyoj sezilayotgan joy haqida o‘ylayapman. Men «Aston Villa»ga kerakman. Sizga ishongan insonlardan minnatdor bo‘lishni va bunday munosabatni qadrlashni bilish lozim», — deya bosh murabbiyning so‘zlarini Footmercato nashri keltirmoqda.

54 yoshli mutaxassis 2022 yilning noyabr oyidan buyon «Aston Villa» boshqaruvida bo‘lib turibdi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda Birmingem jamoasi Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi va APL turnir jadvalini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

Kiritildi: 15:17, 06.06.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик