«Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xoll faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli Xoll «Manchester Yunayted»ning chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. «Nyukasl» o‘z futbolchisi uchun taxminan 81-93 million yevro atrofida mablag‘ talab qilishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, «qizil iblislar» ushbu pozisiya uchun, shuningdek, «Ayntraxt» a’zosi Nataniel Braun va «Barselona» himoyachisi Alexandro Baldening harakatlarini ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Lyuis Xoll barcha turnirlarni inobatga olgan holda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining «qarg‘alar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.













