«Milan» klubining portugaliyalik vingeri Rafael Leau yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Italiya matbuoti «rossonerilar» rahbariyati o‘z yulduzi bilan qancha mablag‘ evaziga xayrlashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya klubi 26 yoshli hujumkor yarim himoyachining sotuvidan 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rafael 2019 yilning avgust oyidan buyon «rossonerilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. A Seriyaning yakunlangan mavsumida Leau 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.













