Angliya va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. AQSHning Tampa shahridagi «Reymond Jeyms» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Angliya terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona golni Angliya hujumchisi Xarri Keyn kiritdi. U birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+3-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, «uch sherlar» Jahon chempionati–2026 oldidan o‘tkazilgan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCH–2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Angliya terma jamoasi mundialning L guruhida Xorvatiya, Gana va Panamaga qarshi bahs olib boradi. Yangi Zelandiya esa G guruhida Misr, Eron va Belgiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.













