Kirish Ro'yxatdan o'tish

Niko Pas «Real»ga qaytadimi? «Komo» klubi rahbari vaziyatga oydinlik kiritdi

Niko Pas «Real»ga qaytadimi? «Komo» klubi rahbari vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -1

«Komo» klubi prezidenti Mirvan Suvarso yarim himoyachi Niko Pasning «Real»ga qaytishi haqidagi mish-mishlar fonida uning kelajagi nimaga bog‘liq ekanligini aytib o‘tdi.

Argentinalik xavbek 2016 yildan 2024 yilgacha «Qirollik klubi»ning yoshlar jamoalarida to‘p surgan, shundan so‘ng «Komo»ga o‘tgan edi. «Real» futbolchini 10 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini (opsiyasini) o‘zida saqlab qolgan.

«Niko Pas yana bir yilga qoladimi? Bu borada qarorni faqat «Real» qabul qiladi. Biz kutyapmiz, hammasi ularga bog‘liq», — deya Suvarsoning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

2025/26 yilgi mavsumda 21 yoshli argentinalik futbolchi 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:25, 07.06.2026.
O'qildi: 215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик