Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bornmut» futbolchisi «Liverpul»ning Iraola qo‘l ostidagi imkoniyatlarini baholadi

«Bornmut» futbolchisi «Liverpul»ning Iraola qo‘l ostidagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

«Bornmut» yarim himoyachisi Tayler Adams «Liverpul»ning Andoni Iraola qo‘l ostidagi istiqbollari haqida nima deb o‘ylashini aytdi. Ispaniyalik mutaxassis iyun oyi boshida rasman mersisaydliklar bosh murabbiyiga aylandi. U bungacha «olchalar» bilan ishlab, yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra jamoani yevrokuboklarga olib chiqqan edi.

«Liverpul» Iraola qo‘l ostida Premyer-ligada g‘olib chiqa oladi. Uning xarakteri, energiyasi va o‘yin uslubi bilan, shuningdek, jamoadagi bunday kuchli tarkib bilan bunga to‘liq imkoniyat bor», — deya Adamsning so‘zlarini keltiradi Angliya OAVlari.

«Bornmut» APLning yakunlangan mavsumida 6-o‘rinni egalladi va o‘zidan bir pog‘ona yuqorida joylashgan «Liverpul»dan bor-yo‘g‘i uch ochko kam jamg‘ardi. Iraola «qizillar» rulida may oyi oxirida iste’foga chiqarilgan Arne Slotning o‘rnini egalladi.

Kiritildi: 08:28, 07.06.2026.
O'qildi: 159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик