Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tomas Tuxel Angliya terma jamoasida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, ammo rekordni yangilay olmadi

Tomas Tuxel Angliya terma jamoasida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, ammo rekordni yangilay olmadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Yangi Zelandiyalik raqiblarini mag‘lub etdi (1:0). Shanba kuni AQSHda bo‘lib o‘tgan bahsda Xarri Keyn tomonidan 45-daqiqada kiritilgan gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi.

Ushbu g‘alaba «uch sherar» uchun bosh murabbiy Tomas Tuxel qo‘l ostidagi o‘ninchisi bo‘ldi. Opta portalining qayd etishicha, germaniyalik mutaxassisga bu ko‘rsatkichga erishish uchun 13 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu terma jamoa tarixidagi ikkinchi natijadir — rekord esa 12 ta uchrashuvda 10 ta g‘alabaga erishgan Glenn Xoddlga tegishli.

Tuxel Angliya terma jamoasi boshqaruvini 2025 yilning boshida o‘z qo‘liga olgan edi. 52 yoshli murabbiyning Angliya Futbol assosiasiyasi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:01, 07.06.2026.
O'qildi: 183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик