Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endrik Braziliya terma jamoasida yana porladi

Endrik Braziliya terma jamoasida yana porladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik Braziliya terma jamoasining Misrga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

19 yoshli futbolchi tanaffusdan so‘ng zaxiradan maydonga tushdi va 52-daqiqada gol urib, tabloda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:1. Final hushtagi chalinganidan keyin yosh forvard uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi.

Endrik 2024 yilning 9 iyunidan buyon ilk bor Braziliya terma jamoasi safida gol urishni uddaladi. Umumiy hisobda uning «pentakampeonlar» (besh karra jahon chempionlari) safidagi gollari soni 17 ta uchrashuvda 4 taga yetdi. Iqtidorli braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lion» klubida ijarada o‘tkazdi va u yerda o‘zini ko‘rsata olgani evaziga terma jamoaning jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy oldi.

Kiritildi: 09:04, 07.06.2026.
O'qildi: 259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик