Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» jahon chempioni bilan yangi muzokaralar o‘tkazadi

«Yuventus» jahon chempioni bilan yangi muzokaralar o‘tkazadi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlashda davom etmoqda. Argentinalik posbon shu yozda klubini o‘zgartirish niyatida va «keksa sinyora» unga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin orada «byankoneri» vakillari 33 yoshli darvozabonning agenti bilan yangi muzokaralar bosqichini o‘tkazishadi. Bosh murabbiy Luchano Spalletti Martinesni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda, biroq jahon chempionining yuqori maoshi bu transferga jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Transfermarkt portali Emiliano Martinesning transfer qiymatini 12 million yevroga baholagan. Futbolchining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:19, 07.06.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик