Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Kannavaro JCHga tayyorgarlik jarayonidagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi

Kannavaro JCHga tayyorgarlik jarayonidagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionatiga tayyorlanish jarayonlari haqida fikr bildirdi.

"Tayyorgarlik jarayoni rejamiz asosida davom etmoqda. To‘g‘ri, oson bo‘layotgani yo‘q. Buning bir nechta sabablari bor. Masalan, legionerlarimizdan Eron chempionatida o‘ynaydigan futbolchilarimiz uch-to‘rt oy davomida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushishmadi. Shuningdek, ayrimlar jarohatdan tiklanish jarayonini o‘tkazdi. Hozir biz mana shu masalalarni bosqichma-bosqich hal qilish ustida ishlayapmiz. Shunga qaramay, jamoaning ishidan mamnunman. Yig‘inning ilk kunidan boshlab futbolchilar bor kuchini berishga harakat qilishyapti. Qiyinchiliklarga qaramasdan, ular o‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilyapti", - dedi italiyalik murabbiy O‘FA rasmiy sahifasiga bergan intervyusida.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:02, 07.06.2026.
O'qildi: 1766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик