Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Fiorentina" David de Xea borasida bir qarorga keldi

"Fiorentina" David de Xea borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

"Fiorentina" darvozaboni David de Xea yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. "Binafsharanglilar" rahbariyati ispaniyalik posbonni endilikda "daxlsiz" maqomida ko‘rmayapti, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Klub 35 yoshli darvozabonning maoshi (yiliga taxminan 3 million yevro) juda yuqori deb hisoblamoqda, shu sababli faxriy futbolchi bo‘yicha kelib tushadigan transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Bundan avvalroq matbuotda David de Xeaga "Yuventus" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq hozircha vaziyat aniq taklifgacha yetib bormagan. "Manchester Yunayted"ning sobiq yulduzining "Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 10:19, 07.06.2026.
O'qildi: 317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик