Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul»ning 40 millionlik futbolchisi yangi murabbiy Iraolani hayron qoldirmoqchi

«Liverpul»ning 40 millionlik futbolchisi yangi murabbiy Iraolani hayron qoldirmoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Xarvi Elliott jamoa ixtiyoriga qaytganidan so‘ng asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishni rejalashtirmoqda. 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida «Aston Villa»da o‘tkazdi va bu davr u uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

«Qizillar»ning sobiq ustozi Arne Slot angliyalik futbolchiga ishonch bildirmayotgan edi, biroq niderlandiyalik mutaxassis iste’foga chiqarilganidan keyin vaziyat o‘zgarishi mumkin. SportsBoom nashrining xabar berishicha, Elliott mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida yangi bosh murabbiy Andoni Iraolada yaxshi taassurot qoldirish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi.

Shunday bo‘lsa-da, futbolchining sotib yuborilish ehtimoli hali ham yuqori — unga Premyer-liganing bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, «Liverpul» ushbu o‘yinchi uchun taxminan 40 million yevro talab qilmoqda.

Kiritildi: 11:12, 07.06.2026.
O'qildi: 599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик