«Kristal Pelas» klubining yetakchi forvardi Jan-Filipp Mateta APLning top-klublaridan biri — «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Fichajes nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyati fransiyalik futbolchini jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor variant sifatida belgilagan. «Burgutlar» esa, o‘z navbatida, o‘z yetakchisi uchun kamida 50 million yevro olmoqchi.
Mateta va «Kristal Pelas» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida forvard 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol (to‘rttasini penaltidan) yozdirib qo‘ygan.













