Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyer terma jamoaning boshlang‘ich tarkibiga qaytishini tasdiqladi. Jarohati sababli oxirgi vaqtlarda maydonga tusha olmagan jamoa faxriysi Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Kyurasaoga qarshi uchrashuvda safga qaytadi.
40 yoshli Noyersiz Germaniya terma jamoasi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, Finlyandiyani tor-mor etdi (4:0) va AQSH ustidan g‘alaba qozondi (2:1).
«Manu kelasi haftadan mashg‘ulotlarni boshlaydi va Kyurasaoga qarshi o‘yinda maydonga tushadi», — dedi Nagelsmann RTLga bergan intervyusida.
Germaniyalik murabbiy Noyerning o‘rinbosari Oliver Baumanni ham alohida maqtab o‘tdi: «Oliverga katta rahmat aytmoqchiman. U ajoyib yigit. So‘nggi kunlar va haftalarda u o‘zini butunlay jamoa manfaatlariga bag‘ishladi».
Germaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kyurasaodan tashqari, Ekvador va Kot-d'Ivuar vakillariga qarshi ham bahs olib boradi.













