Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Chiliga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. «Evropalik braziliyaliklar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Krishtianu Ronaldu bahsda bir bo‘lim o‘ynadi va gol ura olmadi.
O‘yindan so‘ng 41 yoshli Ronaldu o‘yin oldidan va uchrashuv paytida tushirilgan bir nechta suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
«Jahon chempionatiga tayyorgarlik», — deyiladi Ronalduning xabarida.
Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi yurishini 17 iyun kuni boshlaydi. Shu kuni Roberto Martines shogirdlari Kongo DRga qarshi maydonga tushishadi. Keyinroq portugallar guruhda O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.













