Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme yaqin vaqt ichida Yurgen Klopp jamoa murabbiyiga aylanishiga ishonishda davom etmoqda.
«Yurgen Kloppni «Real»ning navbatdagi bosh murabbiyi bo‘lishga ko‘ndira olishimizga deyarli ishonchim komil», — deya Rikelmening so‘zlarini keltirmoqda COPE.
Biroq, Kloppni ko‘ndirishga urinib ko‘rishdan avval, Rikelme birinchi navbatda saylovlarda g‘alaba qozonishi kerak. Saylovlar yakshanba kuni, 7 iyunda bo‘lib o‘tadi. Enrike Rikelme amaldagi prezident Florentino Peresga qarshi kurash olib bormoqda.













