Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Jahon chempionatida «Zenit» yulduzini kuzatib boradi

«Arsenal» Jahon chempionatida «Zenit» yulduzini kuzatib boradi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Rossiya Premyer-ligasida Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik vinger Luis Enrikega e’tibor qaratdi. Bu haqda insayder Joao van Boysen xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» vakillari Enrikening atrofidagi insonlar (agentlari) bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lgan. APL chempioni bo‘lajak JCH-2026 musobaqasida braziliyalik futbolchining o‘yinini diqqat bilan kuzatib boradi.

Luisning bozor qiymati 24 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda vinger «Zenit» tarkibida 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Enrike o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:23, 07.06.2026.
O'qildi: 303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик