Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

APLning ikki klubi «Barselona» futbolchisini kuzatmoqda

APLning ikki klubi «Barselona» futbolchisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona»ning 20 yoshli vingeri Runi Bardji Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Taniqli jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, APLning bir yo‘la ikki klubi shu yozda «Barselona»ni tark etishi kutilayotgan Runi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq, «ko‘k-anorranglilar» hozircha futbolchini ijaraga berish yoki to‘liq sotib yuborish borasida bir qarorga kelishgani yo‘q.

Ayni damda Runining xizmatlariga «Aston Villa» va «Lids» klublari qiziqish bildirmoqda. «Barselona» shvesiyalik iqtidorni o‘tgan yozda «Kopengagen»dan sotib olgan edi. Kataloniya klubi libosida vinger barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Runi Bardjining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 12:46, 07.06.2026.
O'qildi: 1495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик