AQSHning Ostin shahrida Saudiya Arabistoni va Puerto-Riko terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi stadion hududida kuzatilgan kuchli momaqaldiroq va chaqmoq tufayli deyarli ikki soatga to‘xtatib qo‘yildi.
Ushbu holat kelgusi haftada start oladigan Jahon chempionati tashkilotchilari va muxlislarda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Mutaxassislarning fikricha, turnir davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli ko‘plab o‘yinlarni to‘xtatishga yoki qoldirishga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori.
Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCH-2026 uchrashuvlarining bir qismi aynan yozgi ob-havo injiqliklari va kuchli siklonlar kuzatiladigan hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.













