Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2026: Issiq ob-havo tufayli zaxira futbolchilariga o‘yinni kiyinish xonasidan kuzatishga ruxsat berilishi mumkin

JCH-2026: Issiq ob-havo tufayli zaxira futbolchilariga o‘yinni kiyinish xonasidan kuzatishga ruxsat berilishi mumkin

Baho:
+ | -

AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan ko‘plab terma jamoalar kuchli jazirama tufayli zaxira futbolchilariga uchrashuvlarni kiyinish xonasidan kuzatishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, agar ushbu tizimga ruxsat berilsa, murabbiy yordamchisi zaxira o‘rindig‘idan kiyinish xonasiga boradi va jamoa almashtirishni amalga oshirmoqchi bo‘lganida futbolchilarni chigalyozdi mashqlariga yuboradi. Avvalroq, FIFA futbolchilar suv ichib olishlari uchun hakamlarga har bir bo‘lim o‘rtasida o‘yinda ikki martadan tanaffus e’lon qilishni majburiy qilib qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati payshanba kuni, 11 iyundan start oladi. Turnirning ochilish uchrashuvida mezbonlardan biri — Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasiga (JAR) qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:50, 07.06.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик