Kirish Ro'yxatdan o'tish

Martines Silvaning «Barselona»da o‘ynab ketish imkoniyatlarini baholadi

Martines Silvaning «Barselona»da o‘ynab ketish imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi ustozi Roberto Martines yarim himoyachi Bernardu Silvaning Kataloniyaning «Barselona» klubidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Avvalroq matbuotda «ko‘k-anorranglilar» futbolchini taklif qilishga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

«Silva juda kuchli futbolchi. Bernardu har qanday jamoaga kirishib keta oladi va boshqa murabbiyning talablariga moslasha oladi. Gap maydondagi pozisiyada emas, balki uning futboldagi IQ darajasida. Shuningdek, uning texnikasi darajasini ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi unga o‘yinda ustunlik qilishga yordam beradi», — deya Martinesning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 14:53, 07.06.2026.
O'qildi: 221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик