«Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjers Myunxenning «Bavariya» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining ajoyib mavsumidan so‘ng, Germaniya grandi Rodjersga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirgan. «Bavariya» shu yozda o‘yinchini sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan, biroq Premyer-liganing top-klublari tomonidan bo‘ladigan raqobat Germaniya jamoasi uchun muzokaralarni qiyinlashtirishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda 23 yoshli Rodjers barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.













