Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona», «Liverpul» va «Bavariya» «Tottenxem»ning 19 yoshli futbolchisini kuzatmoqda

«Barselona», «Liverpul» va «Bavariya» «Tottenxem»ning 19 yoshli futbolchisini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» markaziy himoyachisi Luka Vushkovich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Football Insider nashrining xabar berishicha, «shporlar» 19 yoshli xorvatiyalik futbolchini sotishga tayyor, chunki jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi mudofaa chizig‘ida tajribaliroq o‘yinchilarni ko‘rishni istamoqda. Vushkovichning xizmatlariga «Barselona», «Liverpul» va «Bavariya» klublari qiziqish bildirmoqda va ular vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishyapti.

Qayd etilishicha, «Tottenxem» himoyachini 60 million yevrodan ko‘proqqa baholamoqda. Vushkovich 2025/26 yilgi mavsumni «Gamburg» klubida ijarada o‘tkazdi. Uning hisobida 30 ta o‘yin, oltita gol va bitta golli uzatma mavjud.

Kiritildi: 15:02, 07.06.2026.
O'qildi: 250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик