Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Fermin Lopesni sotmaydi

«Barselona» Fermin Lopesni sotmaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes keyingi mavsumda ham jamoada qoladi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha har qanday muzokaralar olib borishni qat’iyan rad etgan. «Kamp Nou»da Fermin Lopes daxlsiz o‘yinchilardan biri deb hisoblanishi ta’kidlangan.

Avvalroq, ispaniyalik yarim himoyachini Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, «Chelsi» ham xavbekka qiziqish bildirgan.

Lopes — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:12, 07.06.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик