Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» prezidenti saylovida ovoz berish chog‘ida Rikelmega «yolg‘onchi» deb baqirishdi

«Real» prezidenti saylovida ovoz berish chog‘ida Rikelmega «yolg‘onchi» deb baqirishdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «sosyos»larining (klub a’zolari) bir qismi ayni soatlarda bo‘lib o‘tayotgan saylovda «qaymoqranglilar» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelmega ovoz berish jarayonida hushtaklar chalishdi. Shu bilan birga, ispan grandi muxlislaridan ba’zilari tadbirkorni olqishlagan. Bu haqda jurnalist Siro Lopes X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, saylov uchastkasida «Real» a’zolaridan biri Rikelmega qarata «Yolg‘onchi» deb baqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rikelme agar saylovda g‘alaba qozonsa, «Qirollik klubi» «Liverpul» sobiq murabbiyi Yurgen Klopp bilan bog‘lanishini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik germaniyalik mutaxassisning agenti Klopp «Real»da ishlashni rejalashtirmayotganini bayon qilgan.

Kiritildi: 15:22, 07.06.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик