«Real Madrid» klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Xorxe Valdano zamonaviy futbol haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mening nazarimda, futbol haddan tashqari tizimli bo‘lib bormoqda: unda talantni (iqtidorni) to‘ldirish o‘rniga, uning o‘rnini boshqa narsa bilan almashtirishga harakat qilishyapti.
Baxtimizga, bizni bunday tizimlashib ketishdan himoya qiladigan o‘ziga xos, noodatiy futbolchilar paydo bo‘lishda davom etmoqda.
Talant — futbolni qamrab olayotgan mana shu nazoratni buzib tashlay oladigan yagona kuchdir», — dedi Valdano.













