Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel: «Bellingem jarohatdan keyin energiyaga to‘la va ajoyib formada»

Tuxel: «Bellingem jarohatdan keyin energiyaga to‘la va ajoyib formada»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jud Bellingemning Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yindagi harakatlarini yuqori baholadi.

«Real Madrid» yarim himoyachisi g‘alaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvining (1:0) 2-bo‘limida maydonga tushdi.

«Judda qat’iyatlik va tirishqoqlik bor, bular u uchun asosiy xususiyatlardir.

Jarohatdan so‘ng uning energiyaga to‘la ekanligi va maydonga qaytganidan xursandligi ko‘rinib turibdi. Afsuski, u mavsumning eng hal qiluvchi pallasida safdan chiqqan edi.

Lekin hozir u bilan hammasi joyida ekanligi ko‘rinib turibdi. U kuchga to‘lib qaytmoqda, o‘ynashni xohlaydi va ajoyib sport formasida», — deb ta’kidladi Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem Angliya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan joy olgan. 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:07, 07.06.2026.
O'qildi: 226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик