Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan», «Yuventus» va «Chelsi» Menyanning qarorini kutmoqda

«Milan», «Yuventus» va «Chelsi» Menyanning qarorini kutmoqda

Baho:
+ | -

«Milan» darvozaboni Mayk Menyanning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, fransiyalik posbon yaqin orada yangi klub tanlash borasida bir qarorga kelmoqchi emas.

Menyan «Milan»ning muvaffaqiyatsiz mavsumidan so‘ng jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, «rossonerilar» yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmadi.

30 yoshli darvozabonga Londonning «Chelsi» klubi allaqachon jiddiy qiziqish bildirib keladi. Bundan tashqari, so‘nggi haftalarda Italiya matbuotida darvoza chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlayotgan «Yuventus» tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Futbolchining o‘zi esa qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Bunga sabablardan biri — uning Fransiya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etayotganidir. Shuningdek, Menyan «Milan»ga yangi bosh murabbiy tayinlanmaguncha yakuniy qarorini e’lon qilishi dargumon ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 17:24, 07.06.2026.
O'qildi: 143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик