Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham YECHL finalida 120 daqiqa o‘ynagan Salibaning sog‘lig‘i borasidagi vaziyatga oydinlik kiritdi

Desham YECHL finalida 120 daqiqa o‘ynagan Salibaning sog‘lig‘i borasidagi vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Fransiya milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yaqinda himoyachi Vilyam Salibaning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgan edi, Usmon Dembelega esa dam olish uchun vaqt berilgandi. Quvonarlisi, ikkala futbolchi ham safga qaytmoqda.

«Ertangi uchrashuvda barcha 26 nafar futbolchi maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. Salibaning holatini tibbiy shtab nazorat qilib bormoqda va biz uning jismoniy yuklamalarini o‘zining hissiyotlariga qarab boshqaryapmiz. Ammo bu muammo unga «Arsenal» safida, jumladan, 120 daqiqa davom etgan Chempionlar Ligasi finalida o‘ynashga xalaqit bermagan edi.

Dembele tarkibda bo‘ladimi? Ha, xuddi boshqa futbolchilar qatori. Men unga kuch yig‘ib olishi uchun dam berishni muhim deb hisoblagandim», — dedi Desham Telefoot telekanaliga.

Dushanba kuni Fransiya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kiritildi: 17:28, 07.06.2026.
O'qildi: 122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик