Yaxshanba kuni «Real» klubida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu lavozim uchun Florentino Peres va Enrike Rikelme kurash olib borishyapti.
Marca nashrining xabar berishicha, ayni paytda Peres ishonchli tarzda oldinda bormoqda — u 168 ta ovozga qarshi 334 ta ovoz to‘plashga ulgurgan. Voqealar rivoji Florentino Peres o‘z lavozimini saqlab qolishi va «Real» prezidenti bo‘lib qolishiga qarab bormoqda.
Agar shunday bo‘lsa, Joze Mourinyo jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Portugaliyalik mutaxassis avvalroq (2010–2013 yillarda) madridliklarni boshqargan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum davomida «Real»ni Xabi Alonso (yanvar oyi o‘rtalarigacha) va Alvaro Arbeloa boshqardi. Jamoa mavsumni sovrinsiz yakunladi — «qaymoqranglilar» La Ligada ikkinchi o‘rinni egallashdi.













