Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Real” dunyodagi eng mashhur futbol klubi deb topildi

“Real” dunyodagi eng mashhur futbol klubi deb topildi

Baho:
+ | -

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Instagram, TikTok, YouTube va X) obunachilar soniga asoslangan holda jahonning eng mashhur futbol klublari reytingini e’lon qildi. Yangilangan ro‘yxatda Madridning “Real” klubi jami 488 million kuzatuvchi bilan mutlaq peshqadamga aylandi.

Undan keyingi o‘rinni 442 million obunachiga ega bo‘lgan Kataloniyaning “Barselona” klubi band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Angliyaning “Manchester Yunayted” (239 million) jamoasi yakunlab berdi. To‘rtinchi pog‘onadan esa Fransiyaning “PSJ” (208 million) klubi joy oldi. Kuchli o‘nlikdan joy olgan jamoalar orasida so‘nggi bir yil ichida eng yuqori o‘sishni Germaniyaning “Bavariya” klubi qayd etdi (+16,1 million obunachi).

Top-10 dagi jamoalarning auditoriyasi umumiy 2,36 milliardga yetib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 3,8 foizga oshgan. Ushbu auditoriyaning asosiy qismi Instagram (31%) va Facebook (31%) platformalariga to‘g‘ri kelmoqda.

Top-100 lik ro‘yxatdan barcha qit’alardagi 25 ta davlat vakillari joy oldi (Okeaniyadan tashqari). Reytingdan eng ko‘p Ispaniya (21 ta), Angliya (17 ta) hamda Braziliya (11 ta) klublari joy oldi. Yevropadan tashqaridagi jamoalar orasida esa Braziliyaning “Flamengo” (71,6 million), Saudiya Arabistonining “An-Nassr” (66,0 million) hamda Misrning “Al-Ahli” (60,1 million) klublari yetakchilik qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:52, 07.06.2026.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик