Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gordon: «Shunchaki «Barselona»da o‘ynashning o‘zi menga kifoya qilmaydi — men hamma narsada g‘olib chiqmoqchiman»

Gordon: «Shunchaki «Barselona»da o‘ynashning o‘zi menga kifoya qilmaydi — men hamma narsada g‘olib chiqmoqchiman»

Baho:
+ | -

Hujumchi Entoni Gordon yaqindagina «Barselona» klubiga o‘tgani haqida yana bir bor fikr bildirdi.

«Bu biroz telbavor ikki hafta bo‘ldi, lekin bular men va oilam uchun hayotimdagi eng baxtli ikki hafta bo‘ldi, deb ayta olaman. Bu haqiqatan ham ajoyib edi, chunki men juda yoshligimdan yaqinlarimga mana shu darajaga chiqishimni aytardim. Ular meni tabriklashdi va shunga o‘xshash quvonchli ishlar bo‘ldi. Umuman olganda, men shunchaki «Barselona»da o‘ynashning o‘zi bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Men barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayman», — dedi Gordon talkSPORT nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Gordon «Barselona» bilan 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bungacha futbolchi Angliyaning «Everton», «Preston» va «Nyukasl» klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 18:19, 07.06.2026.
O'qildi: 164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик