Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antoni «Liverpul»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirib berdi

Antoni «Liverpul»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

«Betis» hujumchisi Antoni 2022 yilda «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolashdan oldin «Liverpul»ga o‘tishi mumkin bo‘lganini ma’lum qildi.

«Men «Manchester Yunayted»ga o‘tgan paytimda stolimda «Liverpul»dan, Kloppdan taklif bor edi. U ham juda yaxshi taklif edi. Saloh jamoadan ketish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgandi, ammo yakunda qoldi. Keyin esa murabbiy [ten Xag] menga qo‘ng‘iroq qildi. «Manchester Yunayted» degan nomning vazni juda katta», — deya Antonining so‘zlarini keltiradi Manchester United Forever nashri.

Eslatib o‘tamiz, Antoni 2022 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga 95 million yevro evaziga o‘tgan edi. Braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» safida barcha musobaqalarda jami 96 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:25, 07.06.2026.
O'qildi: 174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик